Skip to content
R
reyes
digital marketing
Portfolio
+998 77 007 76 56
YouTube Marketing

YouTube orqali sotuv

Reklama byudjetiga bog'liq bo'lmagan, yillar davomida ishlaydigan sotuv kanali quramiz.

YouTube — O'zbekistonda eng kam ishlatiladigan, lekin eng kuchli sotuv kanali. Bu yerda odam sizning videongizni 10 daqiqa tomosha qiladi va sizga ishonch bilan qo'ng'iroq qiladi. Instagram'da esa u 3 soniya ko'rib, skroll qilib ketadi.

Biz YouTube'ni kontent maydoni sifatida emas, sotuv tizimi sifatida quramiz: har bir video muayyan mijoz savoliga javob beradi, har bir savol esa sotuv voronkasining bir bosqichi. Natijada bir marta yozilgan video 2 yil davomida sizga mijoz olib kelaveradi.

Real natijalar
500M+
so'm — qurilish sohasidagi mijoz uchun reklamasiz sotuv
0
so'm reklama byudjeti bilan erishilgan natija
2 yil
bitta video mijoz keltirishda davom etadigan muddat

Bu holatlar sizga tanishmi?

Ko'pchilik biznes aynan shu nuqtada to'xtab qoladi.

Reklamaga oyiga million so'mlab pul ketadi, to'xtatsangiz — mijozlar ham to'xtaydi
Mijozlar narxni so'raydi, keyin g'oyib bo'ladi — chunki sizga hali ishonmaydi
Raqobatchilar bilan faqat narx bo'yicha kurashishga majbursiz
Kanal ochilgan, videolar bor, lekin ko'rish ham, mijoz ham yo'q
ROI

Biznesingizga nima beradi?

Bu xizmat sizning daromadingizga qanday ta'sir qiladi — aniq va o'lchanadigan qilib.

01

Reklamaga bog'liq bo'lmagan mijoz oqimi

Organik videolar to'xtamaydi. Bir marta chiqarilgan kontent oylar, hatto yillar davomida yangi tomoshabin va yangi lid keltiraveradi. Reklama byudjetini kesganingizda ham sotuv to'xtamaydi.

02

Mijoz sizga ishongan holda keladi

Videoni 10-15 daqiqa tomosha qilgan odam siz bilan qo'ng'iroqda allaqachon ishonchda bo'ladi. Sotuv suhbati «Siz kimsiz?» dan emas, «Qachon boshlaymiz?» dan boshlanadi. Bu sotuv sikli va e'tirozlarni keskin qisqartiradi.

03

Narx bo'yicha kurashish tugaydi

Ekspert sifatida tanilgan brend arzonlik bilan raqobatlashmaydi. Mijoz sizni tanlagach, narx ikkinchi o'ringa tushadi — bu o'rtacha chek va marjani ko'taradi.

04

Yagona kontent — barcha kanallar uchun

Bitta uzun videodan 5-8 ta Shorts, Reels, TikTok va Telegram post chiqadi. Kontent ishlab chiqarish xarajati bir necha barobar tushadi, qamrov esa ortadi.

Xizmat tarkibiga nimalar kiradi?

Nisha va raqobatchilar tahlili — qaysi mavzular real mijoz keltirishini aniqlaymiz
Kanal strategiyasi va 3 oylik kontent-plan
Video ssenariylari — sotuvga yo'naltirilgan tuzilma bilan
Suratga olish, montaj, oformlenie (thumbnail, intro, grafika)
YouTube SEO: sarlavha, tavsif, teg va pleylist optimizatsiyasi
Shorts strategiyasi — tez o'sish uchun
Sotuv voronkasi: video → tavsifdagi havola → Telegram/sayt → sotuv
Oylik analitika hisoboti: ko'rishlar, obunachi, lid va sotuv bog'lanishi

Kimlar uchun mos?

Yuqori chekli biznes: qurilish, ta'mirlash, ishlab chiqarish, B2B
Xizmat ko'rsatuvchi ekspertlar: shifokor, yurist, konsalting, ta'lim
Uzoq sotuv sikliga ega va ishonch muhim bo'lgan sohalar
Reklamaga qaramlikdan chiqmoqchi bo'lgan kompaniyalar
Bepul konsultatsiya olish
Process

Ish jarayoni

Har bir bosqichda siz nima bo'layotganini bilib turasiz.

01

Tahlil va strategiya

Biznesingiz, mijoz portreti va raqobatchilarni o'rganamiz. Qaysi mavzular sotuvga olib kelishini aniqlaymiz va 3 oylik kontent-plan tuzamiz.

02

Kanal tayyorlash

Kanalni noldan quramiz yoki mavjudini optimallashtiramiz: dizayn, tavsif, pleylistlar, SEO sozlamalari.

03

Kontent ishlab chiqarish

Ssenariy, suratga olish va montaj. Oyiga 4-8 uzun video va 12-20 Shorts — kelishilgan hajmga qarab.

04

Optimizatsiya va o'sish

Analitikani kuzatamiz, ishlagan formatlarni kuchaytiramiz, ishlamaganini almashtiramiz. Har oy hisobot va keyingi oy rejasi.

FAQ

Ko'p beriladigan savollar

Kamerada o'zim chiqishim shartmi?+

Shart emas, lekin tavsiya qilamiz — shaxsiy brend ishonchni eng tez quradi. Agar imkoni bo'lmasa, jamoangizdan spiker tayyorlaymiz yoki ekransiz format (grafika, obyekt syomkasi, voiceover) bilan ishlaymiz.

Birinchi natijani qachon ko'raman?+

Odatda 2-3 oyda birinchi barqaror lidlar keladi, 5-6 oyda esa kanal sezilarli oqim beradi. YouTube — tez emas, lekin uzoq muddatli aktiv: to'xtaganingizdan keyin ham ishlaydi.

Obunachi soni muhimmi?+

Biz obunachi emas, sotuv uchun ishlaymiz. 3 000 ta maqsadli obunachi 50 000 ta tasodifiy obunachidan ko'proq daromad keltiradi. Hisobotlarda ham asosiy ko'rsatkich — lid va sotuv.

Suratga olish uchun uskuna kerakmi?+

Yo'q, barcha texnika bizda. Sizdan faqat vaqt va mavzu bo'yicha ekspertlik kerak — qolganini biz qilamiz.

Loyihangizni muhokama qilamizmi?

Bepul konsultatsiya oling — biznesingizni tahlil qilib, aniq strategiya taklif qilamiz. 24 soat ichida javob beramiz.